Qirg‘izistonlik investor Afg‘onistonning oltin konlariga sarmoya kiritmoqchi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 06:44
Qirg‘izistonlik investor “Tolibon” harakatining tog‘-kon va neft vaziri vazifasini bajaruvchisi bilan uchrashuvda Afg‘onistondagi mineral resurslar, xususan oltin konlariga sarmoya kiritishdan manfaatdor ekanini aytdi.

“Tolibon” konchilik va neft vazirligi matbuot xizmati axborot byulletenida, vazirlik rahbari vazifasini bajaruvchi Shahobiddin Delaver Qirg‘izistonning tog‘-kon kompaniyasi bo‘lgan “ALLATOY” rahbari va unga hamroh bo‘lgan jamoa bilan uchrashgani haqida xabar berdi.

Qirg‘izistonlik investor ushbu kompaniya afg‘on muhandislariga tog‘-kon sanoatining turli sohalarida amaliy va texnik tayyorgarlik ko‘rishga tayyorligini bildirdi.

O‘z o‘rnida “Tolibon”ning kon va neft vaziri vazifasini bajaruvchisi Afg‘onistonda milliy xavfsizlik ta’minlangani va sarmoya kiritish uchun yaxshi zamin yaratilganini aytdi.

Delaver Afg‘onistonning mineral resurslariga sarmoya kiritishdan manfaatdor bo‘lgan barcha xorijiy sarmoyadorlarni olqishlab va Afg‘oniston konlariga to‘liq ishonch bilan sarmoya kiritishlari mumkinligini qo‘shimcha qildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati