Slovakiyada ayiq aholiga hujum qildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 06:36
Slovakiyaning Tatra tog‘lari yaqinidagi Liptovskiy Mikulash shahrida ayiqlarning odamlarga uch kun ichida ikkinchi marta hujumi tufayli favqulodda holat e’lon qilindi. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Fuqarolardan, ayniqsa, ertalab va kechki soatlarda turar joy binolarini tark etmaslik so‘ralgan. Xavfli hududda olti nafar qurolli patrul dronlar va tungi ko‘rish qurilmalari yordamida kuzatuv ishlarini olib boradi.

Ayiq hujumi oqibatida 17 mart kuni besh kishi jarohatlangan edi. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, 49 yoshli ayol yelkasidan, 72 yoshli erkak esa bosh jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Yana 3 nafar shaxs kichik jarohatlar olgan.

Bu hodisa Past Tatra tog‘larida Belarus fuqarosi qo‘ng‘ir ayiq qurboni bo‘lgan fojiadan bir kun o‘tib sodir bo‘lgan. Ayol sherigi bilan sayr qilayotganida ularga ayiq hujum qilgan edi. Ular ayiqni ko‘rib, turli yo‘nalishlarga qochgan. Ayolning jasadi uning hamrohi yordamga chaqirganidan ko‘p o‘tmay qidiruvchi it tomonidan topilgan. Ayol yirtqichdan qochishga urinib, tik qiyalikdan pastga qulagan.

Slovakiya Atrof-muhit vazirligi Yevropa Ittifoqining atrof-muhit bo‘yicha kengashining navbatdagi yig‘ilishida ayiqlarni muhofaza qilinadigan turlar ro‘yxatidan olib tashlash taklifi bilan chiqishga va’da qilgan, chunki ularning soni yetarlicha ko‘p va endi yo‘qolib ketish xavfi yo‘q. Biroq olimlar Slovakiyada ayiqlar sonida keskin o‘sish kuzatilmagani, ular barqaror 1300 ta atrofida ekanini aytmoqda.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati