Futbol: Olimpiya terma jamoamiz Qatarga yo‘l oldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 06:30
Temur Kapadze bosh murabbiyligidagi olimpiya terma jamoamiz 23 va 26 mart kunlari Qatar bilan kechadigan nazorat uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Mazkur o‘rtoqlik uchrashuvlari terma jamoamiz uchun joriy yilning 15 aprel – 3 may kunlari o‘tadigan "Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi U23 Osiyo kubogiga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi.

Shu bilan birga, Srechko Katanes bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi delegasiyasi bugun Gongkongga yetib bordi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi 21 mart kuni JCH-2026 saralash bosqichi doirasidagi bahsda Gongkong terma jamoasiga qarshi 3-tur uchrashuvini o‘tkazadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati