“Kechikkan” tug‘ilganlik guvohnomalari rasmiylashtirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 06:06
Jumladan, Samarqand shahar Darg‘om mahallasida istiqomat qilayotgan Larisa Provotorovaning fuqarolik pasporti bo‘lmaganligi sabab 2004 va 2008 yillarda tug‘ilgan farzandlariga tug‘ilganlik guvohnomalari rasmiylashtirilmaganligi aniqlandi. Ushbu holat bo‘yicha Samarqand shahridagi 1-son FHDYo bo‘limi tomonidan tegishli hujjatlar yig‘ishda amaliy yordam ko‘rsatildi va 2004 yilda tug‘ilgan Oksana Provotorova, 2008 yilda tug‘ilgan Bogdan Provotorovga tug‘ilganlik guvohnomalari rasmiylashtirib berildi.

Shaharning Quyi Xo‘jasoat mahallasida yashayotgan Sanobar Mamadaliyevaning fuqarolik pasporti bo‘lmaganligi sababli 2012 yilda tug‘ilgan farzandiga tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirishda turli to‘siqlarga uchragani ma’lum bo‘ldi. Bu holat ham aksiya doirasida nazoratga olindi va 2012 yilda tug‘ilgan Munisning rasmiy hujjatli bo‘lishi ta’minlandi.










Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati