Bavariya direktorlar kengashi a’zosi: Kloppga qo‘ng‘iroq qilmoqchi emasman

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 05:10
"Bavariya" direktorlar kengashida ishlayotgan Maks Eberl Yurgen Kloppni klubga taklif qilmaydi.

Mashhur murabbiy joriy mavsum oxirida "Liverpul"ni tark etadi - u kuch to‘plash uchun bir yilga faoliyatida pauza qilmoqchi. Shunga qaramay, nemis mutaxassisiga turli klublar qiziqish bildirmoqda.

“Kloppning aytishicha, uning quvvati tugayapti va men bu so‘zlar nimani anglatishini bilaman. Buni kam odam men kabi baholay oladi, chunki men o‘zim ham shunga o‘xshash narsalarni boshdan kechirganman. Shubhasiz, odam shunday bayonot bersa, ish ikkinchi darajaga tushadi. Shuning uchun men Yurgenga qo‘ng‘iroq qilmoqchi emasman", - deb tushuntirdi Eberl SportBild nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” mavsum yakunlanganidan keyin o‘z lavozimini tark etadigan Tomas Tuxelga o‘rinbosar qidirmoqda.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati