Memfis Depay: Odamlar buni bilishsa, meni ko‘proq hurmat qilgan bo‘lishardi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 46
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 05:02
"Atletiko Madrid" hujumchisi Memfis Depay tez-tez uchraydigan jarohatlar bilan qanday kurashishini tushuntirdi.

Niderlandiyalik futbolchi mavsumning birinchi yarmida mushaklardagi muammolar tufayli aksariyat o‘yinlarni o‘tkazib yubordi. 30 yoshli forvard jarohatlarni kamaytirish uchun bor kuchini sarflayotganini tan oldi.

“O‘z tanangizga ishonchni yo‘qotmaslik uchun jarohatlardan qochish kerak. Men bodibilder bo‘lishni xohlayman, deb sport zalida vaqt o‘tkazmayman – faqat tanam talab qiladigan narsani qilishga harakat qilaman. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda ko‘p yozmayman. Agar odamlar maydonga tushishim uchun qancha mehnat qilishimni bilishsa, balki meni ko‘proq hurmat qilishar edi", - deya Depayning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati