Bavariya boshqaruv kengashi a’zosi: Real biz bilan bog‘lanmadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 04:56
"Bavariya" boshqaruv kengashi a’zosi Maks Eberl Alfonso Devisning shartnomasi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.

Chap qanot himoyachisining myunxenliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. "Real Madrid" kanadalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda va mish-mishlarga ko‘ra, ushbu transferni joriy mavsum oxirida yakunlashni rejalashtirmoqda.

“Biz Devis bilan anchadan beri muzokaralar olib bordik, biroq o‘tgan yozda munozaralar to‘xtab qoldi. Biz bu borada ishlashda davom etamiz.

"Real" biz bilan bog‘lanmadi. Aytishim mumkinki, biz Alfonsoga juda aniq va munosib taklif bilan chiqdik. Ertami-kechmi, "ha" yoki "yo‘q" deyish kerak bo‘lgan vaqt keladi", dedi Eberl.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati