Karvaxal Mbappening Realga ehtimoliy transferi haqida gapirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 04:54
"Real"ning o‘ng qanot himoyachisi Daniel Karvaxal "PSJ" hujumchisi Kilian Mbappeni jamoaga o‘tishini kutayotganini tan oldi.

25 yoshli fransiyalik futbolchi parijliklar bilan amaldagi shartnomasini yangilamadi va mavsum oxirida muddati tugaydi. Forvardning "Real"ga o‘tishi deyarli muqarrar deb hisoblanadi, ammo kelishuv hali rasman tasdiqlanmagan.

"Klub bizga Mbappe haqida hech narsa aytmadi, lekin u yozda bizga qo‘shilishi mumkin. Uni bu yerda ko‘rish juda yaxshi bo‘lardi. "Real Madrid"da eng zo‘r o‘ynashi kerak va Kilian ulardan biri. Uning transferi nafaqat klubimiz, balki butun La Liga uchun eng muhim yangilik bo‘ladi", - dedi Karvaxal COPE nashriga bergan intervyusida.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati