MYU yosh yulduzi Realda o‘ynashni orzu qiladi
- Жанр: Futbol yangiliklari
- Смотрели: 49
- Формат: mp4
- Дата релиза: 20-03-2024, 04:46
Taniqli jurnalist Gaston Edulning fikricha, 19 yoshli futbolchi uchun "Real Madrid" orzusidagi klub. Garnacho Madridda tug‘ilgan va uning asosiy kumiri "Los-Blankos" afsonasi Krishtianu Ronaldu. Yaqinda OAVda Florentino Peres "Manchester Yunayted"ning o‘sib borayotgan yulduzining transferiga qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Alexandro Garnacho Angliyaga ko‘chib o‘tishdan oldin "Atletiko Madrid"ning yoshlar akademiyasida tahsil olgan. Qanot hujumchisining "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan.