Jiru Lyoris bilan jamoadosh bo‘lishi kutilmoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 45
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 04:12
Olivye Jiru kelasi yozda MLSga o‘tishi mumkin.

The Athletic xabariga ko‘ra, uning Fransiya terma jamoasidagi sobiq sherigi Ugo Lyoris to‘p tepadigan "Los-Anjeles" "Milan"ning eng yaxshi to‘purari bilan muzokara olib bormoqda. Hozircha hech qanday kelishuvlar yo‘q.

Agar kelishuvga erishilmasa, Jiru hozirgi jamoasida qolishi yoki Yevropaning boshqa klubiga o‘tishi mumkin. Yaqin Sharq bilan variant ham bor.

37 yoshli fransiyalik futbolchining shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati