Bavariya Devisga yakuniy taklif bilan chiqdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 20-03-2024, 04:10
"Bavariya" Alfonso Devisning talablarini qondirishga tayyor emas.

Bild xabariga ko‘ra, myunxenliklar chap qanot himoyachisiga 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma bo‘yicha soliqlarsiz 13-14 million yevro taklif qilmoqda. Bu oxirgi taklif va hech qanday o‘sish bo‘lmaydi. Shu bilan birga, Devis 20 million talab qilmoqda.

Avvalroq, futbolchi transfer bo‘yicha "Real" bilan kelishib olgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.

"Aytishim mumkinki, biz Alfonsoga juda aniq, qimmat taklif bilan chiqdik. Hayotning qaysidir pallasida “ha” yoki “yo‘q” deyishga to‘g‘ri keladi”, dedi “Bavariya”ning yangi sport direktori Maks Eberl.

Alfonso Devisning "Bavariya" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati