O‘zbekistonda bir yilda aholiga qancha ko‘mir yetkazib berildi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 23:04
O‘zbekistonda 2023 yilda ko‘mir qazib chiqarish bo‘yicha 23,1 million kub metr (prognozga nisbatan 89,4 foiz) kon ustini ochish ishlari bajarildi.

Xabar berilishicha, AOKAda “O‘zbekko‘mir” AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2023 yildagi faoliyat yakunlari va 2024 yildagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, ko‘mir qazib chiqarish 5 836 ming tonna yoki prognozga nisbatan 100,6 foiz bajarildi.

Iste’molchilarga 5 396,7 ming tonna ko‘mir yetkazib berildi, prognozga nisbatan 102,6 foiz (5 257,5 ming tonna) bajarildi. Ishlab chiqarish amaldagi narxlarda 1 469,1 milliard so‘mga bajarilib, rejaga nisbatan 100 foizni tashkil qildi.

Ishlab chiqarish taqqoslama narxlarda 1 313,6 milliard so‘mni tashkil qilib, rejaga nisbatan 101,7 foizga bajarildi, o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 114,8 foiz. 2023/2024 yillar kuz-qish mavsumi uchun respublika aholisi va byudjet tashkilotlariga jami 1 750,7 ming tonna, shundan aholiga 1 175,9 ming tonna, byudjet tashkilotlari uchun jami 574,8 ming tonna, shundan, to‘g‘ridan to‘g‘ri byudjet tashkilotlariga 346,2 ming tonna, (DXSh asosida tadbirkorlik sub’ektlariga 228,6 ming tonna) mahalliy ko‘mir yetkazib berilishi rejalashtirilgan.

2024 yilning 1 yanvar holatiga aholiga 1 million 102,4 ming tonna (95 foiz), byudjet tashkilotlariga jami 569,4 ming tonna (99 foiz), shundan to‘g‘ridan to‘g‘ri byudjet tashkilotlariga 349,2 ming tonna (100 foiz), davlat xususiy sheriklik (DXSh) asosida isitish tizimlarini boshqarish uchun jalb qilingan tadbirkorlik sub’ektlariga 220,2 ming tonna (96 foiz) mahalliy ko‘mir ortib yuborildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati