Vyetnamda moliyaviy piramida malikasiga o‘lim jazosi so‘raldi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 22:38
Xoshimin shahri prokuraturasi Vyetnam va Janubi-Sharqiy Osiyo tarixidagi eng yirik moliyaviy firibgarlikda ayblanayotgan 68 yoshli tadbirkor ayol Truong May Langa o‘lim jazosini berishni so‘radi.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Van Thinh Phat Holdings Group rivojlanish kompaniyasi rahbari Truong May Lan moliyaviy piramida tashkil qilgan va bu Vyetnam yalpi ichki mahsulotining 4,9 foizini tashkil etadigan 20 milliard dollar miqdorida zarar keltirgan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Prokurorlarga ko‘ra, tadbirkor va uning sheriklari 2012 yildan beri firibgarlik yo‘li bilan Vyetnamning eng yirik tijorat banki bo‘lmish Saygon aksiyadorlik tijorat bankidan (SCB) 304 trillion dondan (12,46 milliard dollar) ko‘proq mablag‘ni olib qo‘yishgan.

Bundan tashqari, SCB’ni vositachi kompaniyalari orqali nazorat qilgan Truong May Lan soxta tuzilmalarga noqonuniy kreditlar bergan, soxta bank obligasiyalarini sotgan va boshqa jinoiy harakatlar sodir etgan. Bank va uning omonatchilariga yetkazilgan umumiy zarar qariyb 20 milliard dollarni tashkil qildi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, tadbirkor ayolga firibgarlikni yashirishga u pora bergan yuqori lavozimli amaldorlar yordam bergan.

Ayni paytda, prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, Truong May Lan qilgan jinoyatiga pushaymon emas va aybini tan olmaydi. Prokuror Truong May Langa pora bergani uchun 19-20 yil, bank qoidalarini buzgani uchun 19-20 yil va katta miqdorda pulni firibgarlik bilan o‘g‘irlagani uchun o‘lim jazosini so‘radi.
Sud jarayoni bahor oxirigacha davom etishi kutilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati