Oston O‘runov Gongkongga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuboradi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 25
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 22:32
O‘zbekiston milliy jamoasining Gongkongga qarshi o‘yini oldidan tarkibda yo‘qotish ro‘y berdi.

O‘FA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Oston O‘runov Gongkongga qarshi JCH-2026 saralash bosqich o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

«O‘zbekiston milliy jamoasi Hongkongga qarshi o‘yin oldidan mashg‘ulot o‘tkazdi. Jamoamiz a’zosi Oston O‘runov betobligi sababli shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, Gongkongdagi yig‘inda qatnasha olmaydi. Futbolchimiz Toshkentdagi uchrashuvga qadar safga qaytishi kutilmoqda», - deya yozmoqda O‘FA.

Ma’lumot uchun, Gongkongdagi dastlabki o‘yin 21 mart kuni bo‘lib o‘tadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati