Navro‘zda butun O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 22:20
21 mart kuni respublikaning barcha qismida yog‘ingarchiliklar, ba’zi hududlarda esa kuchli bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

O‘zgidromet prognozlarida 21 mart kuni respublikaning barcha xududlarining ba’zi qismida kuchli yog‘ingarchiliklar bo‘lishi prognoz qilindi.

Markazida atmosfera bosimi 1000 gPasgacha bo‘lgan siklon bir vaqtning o‘zida respublikaning barcha qismiga yog‘in ulashadi. Bu kabi holat doim xam ro‘y beravermaydi. Yuqoridagi kartada 21 mart erta tong uchun yog‘ingarchilik kartasi taqdim etilgan, keyinroq kunduz kuni vodiyda ham yog‘inlar yog‘adi.

Yaxlit siklonik jarayonni O‘zbekistondan "kesib o‘tishi" nafaqat kuchli yog‘ingarchiliklarni balki, kuchli shamollar, chaqmoq-momaqaldiroq hodisalari bilan ham o‘tishini esdan chiqarmaslik lozim.

Tinimsiz va jadal yog‘ingarchiliklardan hududlarda sel-suv toshqin, suv bosish xavflari ortadi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati