Xitoyda ayollar va bolalar savdosiga qarshi operasiya boshlandi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 22:06
Xitoy 2024 yil oxirigacha davom etadigan ayollar va bolalarning o‘g‘irlanishi va savdosiga qarshi kurash bo‘yicha umummilliy maxsus operasiyani boshladi. Bu haqda Xinhua agentligi Xitoy Xalq Respublikasi jamoat xavfsizligi vazirligi bayonotiga tayanib xabar berdi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, turli darajadagi mutasaddi tashkilotlardan mas’uliyatni faol o‘z zimmasiga olishi, tegishli chora-tadbirlarni puxta tashkil etishi va boshlashi, ayollar va bolalarni o‘g‘irligi va savdosi bilan bog‘liq jinoyatlarga qarshi qonun hujjatlariga muvofiq qat’iy kurashish talab etiladi.

Yangi ishlarni tezkorlik bilan tekshirish va hal qilish, eski ortda qolgan ishlarni tugatish, jinoiy zanjirlarni uzish va o‘g‘irlangan ayollar va bolalarni qutqarish uchun harakat qilish kerak.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati