Konor Makgregor yana ichkilikni boshladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 21:16
Ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor nega ijtimoiy tarmog‘iga mashg‘ulot lageridan surat va videolar deyarli qo‘ymayotganini izohladi.

"Men Fransiya janubidagi Kann hamda BAAning Dubay shaharlarida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazdim. Bu yig‘inlarda men jahon chempionlari bilan birga shug‘ullandim. Mashg‘ulotlar dekabr oyida jang o‘tkazishim uchun qaratilgan edi. Keyin yanvarda jang o‘tkazishdan umid qildim. Afsuski, oktagonga qaytishim ortga surilib ketaverdi. Buning natijasida menda janglarga qaytish qiziqishi "o‘ldi". Mashg‘ulotni tashlab, ichishni boshlab yubordim", - deya irlandiyalikning so‘zlarini keltiradi The Mac Life nashri.

Ma’lumot uchun, Konor Makgregor so‘nggi bor 2021 yilning iyul oyida oktagonda ko‘rinish bergandi. O‘shanda u Dastin Poryega qarshi trilogiyada oyog‘idan jiddiy jarohat olgan edi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati