Germaniyada futbol bo‘yicha Yevropa chempionati uchun 11 yevrolik noyob tanga paydo bo‘ladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 21:04
Germaniyada 11 yevrolik noyob tanga paydo bo‘ladi. Germaniyaning o‘nta shahrida bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha bo‘lajak Yevropa chempionati nafaqat muxlislar, balki kolleksionerlarni ham xursand qiladi, deb yozadi DW nashri.

Bu yil futbol bo‘yicha Yevropa chempionati Germaniyada 14 iyundan 14 iyulgacha bo‘lib o‘tadi.

Shu munosabat bilan Germaniya hukumati tarixda birinchi marta Germaniya futbol assosiasiyasi bilan birgalikda esdalik kumush tanga chiqarmoqda. Bir tomonda nemis burguti, ikkinchi tomonda turnir finali bo‘lib o‘tadigan Berlindagi Olimpiya stadionining tomi joylashgan.

Tanganing og‘irligi 14 gramm, diametri esa 30 millimetrga teng. Nominal qiymati – 11 yevro – futbol jamoasidagi o‘yinchilar soniga teng.

U 111 111 dona tirajga ega bo‘lib, 8 maydan sotuvga chiqariladi. Ammo hoziroq oldindan buyurtma berish mumkin.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati