Yevropaning grand klublari yozda AQSHda kichik turnirda ishtirok etadi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 20:26
AQSHda bo‘lib o‘tadigan mavsumoldi o‘yinlarida Yevropaning beshta yetakchi klubi ishtirok etadi.

27 iyuldan 6 avgustga qadar beshta jamoa Soccer Champions Tour doirasida oltita o‘yin o‘tkazadi.

"Barselona", "Real" va "Milan" uch martadan, "Manchester Siti" ikkitadan, "Chelsi" esa bittadan o‘ynaydi.

Uchrashuvlar Nyu-York, Orlando, Chikago, Nyu-Jersi, Baltimor va Sharlotta shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

Quyidagi o‘yinlar rejalashtirilgan:

“Manchester Siti” – “Milan” (27 iyul)
"Barselona" - "Manchester Siti" (30 iyul)
"Milan" – "Real Madrid" (31 iyul)
"Real Madrid" - "Barselona" (3 avgust)
"Barselona" - "Milan" (6 avgust)

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati