Fiorentina klubining bosh direktori vafot etdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 15
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 19:56
"Fiorentina" fojiali xabarni e’lon qildi - klub bosh direktori Jo Barone vafot etdi.

Chorshanba kuni "binafsharanglilar" rahbari 58 yoshga to‘lgan bo‘lardi...

"Fiorentina" xodimlari Baronening o‘limi haqidagi xabardan qattiq qayg‘uga tushishdi. Klub bayonotida uning yuqori saviyada ishlashi qayd etilgan.

"Binafsharanglilar" ham marhumning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan dam olish kunlari Jo Barone “Fiorentina”ning “Atalanta”ga qarshi o‘yinidan oldin o‘zini yomon his qilgandi.

Funksioner kasalxonaga yotqizilgan, o‘yin esa keyinroqqa qoldirilgandi. Afsuski, Barone kasalxonada vafot etdi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati