Bir milliard so‘mdan ortiq bo‘lgan to‘rtta davlat xaridi bekor qilindi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 41
- Формат: mp4
- Дата релиза: 19-03-2024, 17:20
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining masofaviy monitoring tartibidagi o‘rganishlarida umumiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan quyidagi davlat xaridlarida qonunbuzilishi holatlari aniqlandi:
➖Angren shahar Obodonlashtirish boshqarmasi buyurtmachiligidagi 200,0 mln so‘mlik;
➖Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi buyurtmachiligidagi 309,0 mln so‘mlik;
➖Oqoltin tuman Tibbiyot birlashmasi buyurtmachiligidagi 300,0 mln so‘mlik;
➖Urganch ixtisoslashtirilgan maqom san’ati maktab-internati buyurtmachiligidagi 371,1 mln so‘mlik davlat xaridlari.
Agentlikning taqdimnomalariga binoan yuqoridagi davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining bayonnomalari bekor qilindi, shuningdek, to‘plangan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.