Rafinya Barselonani tark etishni istamayapti

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 16
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 16:58
Kataloniyaning "Barselona" klubi vingeri Rafinya Dias yozda jamoasini tark etishni istamayapti. Sport.es nashri xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi "Kamp Nou"da qolish niyatida.

Manbaning ta’kidlashicha, agar klubdagi iqtisodiy vaziyat og‘ir bo‘lsa, rahbariyat Rafinyani sotishni talab qilishi mumkin. U yoki bu yo‘l bilan hujumchi mavsumning so‘nggi o‘yinlarida rahbariyatga klubda qolishga loyiq ekanligini isbotlamoqchi.

Ikki yildan kamroq vaqt oldin “Barselona” Rafinya uchun 58 million yevro tovon puli to‘lagan edi. Joriy Ispaniya chempionatida Dias 4 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati