• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Pensionerga hisoblangan, lekin talab qilib olinmagan pensiya summasini to‘lash muddati uzaytirildi

Pensionerga hisoblangan, lekin talab qilib olinmagan pensiya summasini to‘lash muddati uzaytirildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 16:26
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasi yanada kuchaytiriladi.

Prezident tomonidan 2024 yil 18 mart kuni imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

“Ijara to‘g‘risida”gi Qonunga ijarachining nogiron bo‘lib qolganligi ijara shartnomasini tugatish uchun asos bo‘lishini bekor qilishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritildi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, pensionerga hisoblangan, lekin uning tomonidan talab qilib olinmagan pensiya summasini to‘lash muddati 12 oydan 24 oygacha uzaytirildi.

✅ Bundan tashqari, Qonunda pensiyaning eng kam miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilash, pensiyalar miqdorlarini yil davomida tovarlar va xizmatlarning iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olgan holda oshirib borish tartibi aniqlashtirildi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati