Jo Koul Chelsini Modrich va Kroosni taklif qilishga undamoqda

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 24
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 16:14
"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Jo Koul "ko‘klar" rahbariyatini yozda erkin agent sifatida jamoasini tark etishi mumkin bo‘lgan "Real" yarim himoyachisi Luka Modrichni taklif qilishga chaqirdi.

"Barqarorlik o‘rnatish uchun tajribali o‘yinchilarni qidirgan bo‘lardim. Luka Modrichning "Real" bilan shartnomasi nihoyasiga yetmoqda. Ehtimol, u bir mavsum Premyer-ligaga qaytishni xohlar. Xuddi shu narsa o‘zini Angliyada sinab ko‘rishi mumkin bo‘lgan Toni Kroosga ham tegishli", - deya Koulning so‘zlarini keltiradi jurnalist Saymon Fillips.

Modrich avvalroq Londonning "Tottenxem" tarkibida Premyer-ligada o‘ynagan. 2011 yilning yozida xorvatiyalik futbolchi "Chelsi"ga o‘tishi mumkin edi, ammo "shporlar" bu kelishuvga to‘sqinlik qilgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati