Xummels nafaqaga chiqmoqchi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 15:56
35 yoshli himoyachi Mats Xummels futbolchilik faoliyatini yakunlash haqida o‘ylamoqda. Bu haqda Bild jurnalistlari ma’lum qilishdi. Tajribali futbolchining Dortmundning “Borussiya” klubi bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga yetadi. Shu munosabat bilan Mats butsalarni mixga ilish haqida o‘ylamoqda.

Faxriyning ketishiga jamoadagi vaziyat ham sabab bo‘lmoqda. So‘nggi paytlarda "Borussiya"ning asosiy tarkibida Xummelsning o‘rnini Niklas Zyule va Niko Shlotterbek egallashmoqda. Mats 2019 yilda "Bavariya"dan Dortmundga qaytgandi.

Bundesliganing joriy mavsumida himoyachi 19 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati