La Liga klubida iste’fo yuz berdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 17
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 15:46
Ispaniya chempionati autsayderlaridan biri “Granada” jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Medinani iste’foga chiqarishga qaror qildi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi. Urugvaylik murabbiy o‘tgan yilning noyabr oyidan buyon jamoani boshqarib kelayotgandi.

Medina qo‘l ostida jamoa 17 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, unda faqat bitta g‘alaba qozongan, 12 ta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan va 4 marta durang qayd etgan.

O‘tkazilgan 28 o‘yindan so‘ng "Granada" 14 ochko to‘pladi va Ispaniya chempionati turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati