AstraZeneca koronavirusga qarshi vaksinaning nojo‘ya ta’sirlarini tan oldi

  • Жанр: Salomatlik
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 01-05-2024, 16:36
AstraZeneca xalqaro biofarmasevtika kompaniyasi o‘zining COVID-19 vaksinasi trombositopeniya sindromli kam uchraydigan trombozni keltirib chiqarishi mumkinligini birinchi marta tan oldi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, kompaniya jamoaviy da’voga duch kelmoqda. Unda aytilishicha, Oksford universiteti bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan vaksina ba’zi bemorlarda nojo‘ya ta’sirlarga ega bo‘lgan yoki hatto o‘limga olib kelgan.

“Vaksina juda kam hollarda trombositopeniya sindromli trombozga olib kelishi mumkin. Buning sabablari noma’lum”, deyiladi materialda.

Jurnalistlar ta’kidlaganidek, jabrlanuvchilar va ularning yaqinlari London Oliy sudiga 51 ta da’vo arizasi bilan murojaat qilishgan, deb xabar beradi lenta.ru.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati