Tishlar uchun eng zararli ichimlik ma’lum qilindi. Hayratlanarlisi, bu qahva emas
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 45
- Формат: mp4
- Дата релиза: 19-03-2024, 14:52
Biroq bugungi kunga kelib kofedan ko‘ra tishlar va milklarga ko‘proq zarar yetkazadigan ichimlik turi aniqlandi. Bu — limon kislotasi.
Limon kislotasi tish emalining ashaddiy dushmani hisoblanadi. U emalni yumshatadi, mo‘rtlashtiradi va ortga qaytmaydigan jarayon — eroziya boshlanadi. Demak, tarkibida ko‘p miqdorda limon kislotasi bo‘lgan ichimliklarning barchasi tishlar salomatligi uchun xavflidir.
Shu bilan birga shakar va shirinliklar ham tishlar uchun zararli sanaladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida shakar va boshqa uglevodlarni kislotalarga aylantiradigan bakteriyalar mavjud. Mazkur kislotalar emal qattiqligi uchun javobgar bo‘lgan mineral moddalarni yo‘q qiladi.
Limon kislotasi tishlarga nisbatan kamroq zarar keltirishi uchun ichimlikni naycha (trubochka) bilan ichish tavsiya etiladi.