Fransiyalik tennischi Mayamidagi turnir vaqtida hushidan ketib yiqildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 14:48
Dunyoning 74-raketkachisi, fransiyalik tennischi Artur Kazo Mayamida (AQSh) o‘tkazilayotgan “Masters” turkumiga kiruvchi turnirning yarim final saralash bahsida hushini yo‘qotdi.

Hodisa Kazo va hamyurti Garol Mayo o‘rtasidagi uchrashuvning uchinchi setida qayd etilgan. O‘sha paytda hisob 4:6, 7:5, 2:1 edi.

RMC Sport xabariga ko‘ra, Kazo o‘yin vaqtida issiq tufayli o‘zini yomon his qilgan. Shifokorlar zudlik bilan fransiyalik tennischiga yordam ko‘rsatgan, keyinchalik u nogironlar aravachasida kortni tark etgan. Shunday qilib, Mayo Mayamidagi so‘nggi saralash turniriga yo‘llanma oldi.

Eslatib o‘tamiz, Mayamidagi asosiy turnir 20—31 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Mayamidagi “Masters” turnirining amaldagi g‘olibi rossiyalik tennischi Danil Medvedev hisoblanadi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati