Orol dengizi tubida himoya o‘rmon plantasiyalarini yaratish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi o‘rganilmoqda
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 43
- Формат: mp4
- Дата релиза: 19-03-2024, 14:44
Ma’ruza doirasida magistrlarga O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi Orol dengizi tubining o‘rmon meliorativ holatini yaxshilash bo‘yicha yagona tizim ishlab chiqish, shuningdek, himoya o‘rmon plantasiyalarini yaratish bo‘yicha kompleks tavsiyalar berish taklif qilindi. Shu bilan birga, cho‘l o‘simliklari ko‘chatlarini yetishtirish markazlarini tashkil etish zarurligi muhokama qilindi. Tashrif yakunida Qozog‘iston tomonidan O‘zbekistondan o‘rmon plantasiyalarini yaratish bo‘yicha amaliy tavsiyalar so‘raldi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida bu borada tajriba almashish muntazam ravishda olib borilmoqda. Universitet talabalari O‘zbekistonda cho‘l o‘simliklarini yetishtirish, o‘rmon plantasiyalarini yaratish va Orol dengizi tubiga salbiy ta’sir ko‘rsatishning oldini olish usullari hamda texnologiyalarini qiziqish bilan o‘rganmoqda.