O‘zbekiston elchisi Qatar Amiriga ishonch yorlig‘ini topshirdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 14:38
Doxadagi Lusail saroyida bo‘lib o‘tgan marosim chog‘ida Qatar rahbari elchimiz bilan muloqot qilarkan, dastlab Prezidentimizga samimiy salom va ezgu tilaklarini yo‘lladi. Qatar yetakchisi o‘tgan yil iyun oyidagi mamlakatimizga ilk tashrifi, tarixiy Samarqand shahrini ziyorat qilganini iliq esladi.

Amir o‘zaro munosabat jadal rivojlanayotganini ta’kidlab, siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada faollashtirish uchun ulkan salohiyat mavjudligini ham qayd etdi.

Suhbat yakunida Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston elchisiga mamlakatlarimiz xalqlari farovonligi yo‘lidagi aloqani rivojlantirishda muvaffaqiyat tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Ashraf Xodjayev shu yil 11 fevral kuni respublikamizning Qatardagi birinchi elchisi sifatida ish boshladi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati