Asarlarini yod olganlarga hokim tomonidan besh ming kumush va sarpo va’da qilingan alloma

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 32
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 12:56
Alloma 1075 yil 19 mart (hijriy 467 yil) Xorazmning Zamaxshar qishlog‘ida tavallud topdi. Ota-onasi unchalik badavlat bo‘lmasa-da, savodli, taqvodor, diyonatli kishilar bo‘lgan. Shoir qasidalaridan birida otasining farzandlari ko‘p va oilasi katta bo‘lgani tufayli tirikchilik yo‘lida tinmay mehnat qilgani haqida yozadi.

Zamaxshariyning dunyoqarashi otasining ta’sirida shakllandi. Tarixchilar u haqda: «Bir oyog‘i yog‘ochdan edi va uzun yaktagini tushirib kiygani uchun ko‘rgan odam uni cho‘loq deb o‘ylardi», deya yozgan. Darhaqiqat, Zamaxshariy falokat tufayli yoshligidan bir oyoq bo‘lib qolgan va otasi uni endi og‘ir mehnatga yaramaydi, deb kiyim tikuvchi ustaga shogirdlikka bermoqchi bo‘ladi. Biroq yoshligidan ilmga havasmand Mahmud otasidan o‘zini madrasaga yuborishni so‘raydi. O‘g‘lidagi ilmga bo‘lgan ishtiyoq va havasni sezgan ota uni madrasaga beradi. Shu sabab bilan Az-Zamaxshariy ilm-fanning turli sohalari bilan qiziqib, talabalar orasida iste’dodini namoyon qila boshlaydi. U madrasada arab tili va adabiyoti, diniy ilmlar va xattotlik san’atini mukammal egallaydi hamda tirikchilik uchun ham birqadar intiladi.

Mashhur olim Abu Mansur as-Saolibiyning iborasi bilan aytganda Buxoro: «Somoniylar davridan boshlab shon-shuhrat makoni, saltanat ka’basi va zamonasining ilg‘or kishilari jamlangan: yer yuzi adiblarining yulduzlari porlagan va o‘z davrining fozil kishilari yig‘ilgan (joy) edi». Arab tarixchisi va biografi ibn Xallikonning yozishicha, Zamaxshariy talabalik yoshiga yetgach, bilimini yanada oshirish, har tomonlama kamol toptirish maqsadida Buxoroga yo‘l oladi.

So‘ng bir necha yil Xorazmshohlar xizmatida bo‘lib, kotiblik bilan shug‘ullanadi, hukmdorlar bilan yaqinlashishga urinadi. Biroq qobiliyati, ilmi, fazilatiga yarasha biror mansab va munosib e’tibor ko‘rmagach, o‘zga yurtlarga safar qiladi. 1118 yili u og‘ir dardga chalinadi, bu kasallikdan tuzalgach, umrini faqat ilm-fanga bag‘ishlashga, asarlar ta’lif etishga astoydil qaror qiladi.

Az-Zamaxshariyning alloma bo‘lib yetishishida ustozlarining xizmati benihoya kattadir. Xususan, til, lug‘at va adabiyot sohasida mashhur olim Abu Mudar Mahmud ibn Jariyr al-Dabbiy al-Isfahoniydir, Bag‘dodda shayx ul-islom Abu Mansur Nasr al-Xorisiy, Abu Saad ash-Shaqqoniy va boshqalar shular jumlasidandir.

Az-Zamaxshariy Makkada bo‘lganida nahv va fiqh bo‘yicha ilmni Abu Bakr Abdulloh, Al-Xayyatiydan, lug‘at ilmini esa Al-Javoliqiydan o‘rgandi. U hayoti davomida Marv, Nishopur, Isfahon, Shom, Bag‘dod va Shijozda va ikki marta Makkada bo‘ldi.
Olim bu yerda ilmiy ishlarini davom ettirdi, arab tili grammatikasi va lug‘atini hamda mahalliy qabilalarning lahjalari, maqollari va urf-odatlarini chuqur o‘rgandi, mintaqa jug‘rofiyasiga oid xilma-xil ma’lumotlarni to‘pladi.
Adib ko‘p asarlarini Makkada yaratdi. U Makkada besh yilcha yashaydi. Shu boisdan Jorulloh («Allohning qo‘shnisi») degan sharafli nomga muyassar bo‘ladi.
Az-Zamaxshariy arab grammatikasi, lug‘atshunoslik, adabiyot, aruz ilmi, jug‘rofiya, tafsir, hadis va fiqhga oid ellikdan ortiq asar yaratdi, ularning aksariyati bizgacha yetib kelgan.Arab tilshunosligi va grammatikasining turli tomonlariga oid «Al-Mufassal» asarini bir yarim yil davomida Makkada yozdi. Bu asar Sharq va G‘arbda mashhur hisoblanadi. Olimlar ilmiy qiymmati jihatdan Az-Zamaxshariyning ushbu asarini taniqli arab tilshunosi Sibavayhning arab grammatikasiga oid kitobidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, deb ta’kidlaganlar.
O‘sha davr hatto Shom (Suriya) hokimi Muzaffariddin Muso kimda-kim Az-Zamaxshariyning ushbu asarini yod olsa, unga besh ming kumush tanga pul va sarpo sovg‘a qilishni va’da bergan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati