Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda qaysi viloyat yetakchi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 31
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 12:24
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 426,3 trln so‘mni tashkil etgan.

2023 yilda qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaliklari bo‘yicha mahsulotlar yetishtirishda qaysi hududlar yetakchilik qildi?

Farg‘onada eng ko‘p donli ekinlar yetishtirilgan (926,7 ming tonna mahsulot).

Andijonda eng ko‘p sabzavotlar yetishtirilgan (1 772,6 ming tonna).

Samarqandda eng ko‘p kartoshka yetishtirilgan (726,3 ming tonna).

Surxondaryoda eng ko‘p poliz ekinlari yetishtirilgan (337,3 ming tonna).
Andijonda eng ko‘p meva va rezavorlar yetishtirilgan (696,8 ming tonna).
Samarqandda eng ko‘p uzum yetishtirilgan (639,2 ming tonna).
Samarqand viloyatida eng ko‘p go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan (326,2 ming tonna).
Samarqandda eng ko‘p – 1 403,5 ming tonna sut olingan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati