Qozog‘iston va Turkiya Kaspiy dengizida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha hamkorlik qiladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 39
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 11:50
Qozog‘iston va Turkiya delegasiyalari Kaspiy dengizida xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi, deya xabar bermoqda Anadolu Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston FVV rahbari Chingiz Arinov poytaxt Ostonada milliy mudofaa vaziri o‘rinbosari Bilal Durdali boshchiligidagi Turkiya delegasiyasi bilan uchrashgan.

Turkiya Milliy mudofaa vazirligi tarkibiga kiruvchi Military Factory and Shipyard Operation Inc. (ASFAT) kompaniyasi rahbari Behchet Karatash dengiz xavfsizligi hamda favqulodda vaziyatlarda chora ko‘rish uchun kema va resurslarni saqlash sohasidagi hamkorlikni baholadi.

Turkiyaning muhim va ishonchli sherik ekanini qayd etgan Arinov kemasozlik sohasida hamkorlikning ikki tomonlama munosabatlarda muhim elementga aylanishi mumkinligini ta’kidladi.

Vazirning aytishicha, ular Qozog‘iston Kaspiy dengizidagi favqulodda vaziyatlarda zudlik bilan chora ko‘ra oladigan “professional favqulodda qutqaruv xizmati”ni yaratish imkoniyatini ko‘rib chiqishmoqda.

FVV rahbari shu kabi ishlar tufayli Kaspiy dengizida xavfsizlikni ta’minlash, neft to‘kilishi, kema halokati va yong‘inlarida chora ko‘rish, shuningdek, qutqaruv ishlari kabi dengiz va quruqlikdagi turli operasiyalarni darhol amalga oshirish mumkinligini ta’kidladi.
Turkiya tomoni yuqorida tilga olingan vazifalarini bajarishga qodir zamonaviy texnologiyalarni taklif etgan uchrashuvda Kaspiy dengizida xavfsizlikni ta’minlash sohasida o‘zaro hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati