Anchelotti o‘z shogirdiga bor vaziyatni yotig‘i bilan tushuntirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 11:00
"Real" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti huquqlari "Chelsi"ga tegishli bo‘lgan darvozabon Kepa Arrisabalaga bilan uning klubdagi kelajagi haqida suhbatlashdi.

Kepa Arrisabalaga "Real Madrid"ning asosiy tarkibidagi o‘rnini ukrainalik Andrey Luninga boy berdi va so‘nggi 11 uchrashuvni zaxirada o‘tkazdi.

Realmadridexclusivo xabariga ko‘ra, Tibo Kurtua qaytib kelgach, Kepa jamoadagi "uchinchi darvozabon" pozisiyasiga ko‘chiriladi.

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bu holatni ispaniyalik darvozabonga shaxsan tushuntirib, “qirollik” klubida ham, “Chelsi”da ham raqobatni boy berishiga sabab bo‘lgan o‘yinidagi kamchiliklarni aytib o‘tgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, klub Kepaning joriy mavsum yakunida jamoani tark etishiga allaqachon qaror qilgan.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati