APL futbol ommasini haqoratlardan yiroq turishga chaqirdi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 23
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 10:42
Polisiya “Liverpul”ga qarshi Angliya kubogi 1/4 finalida (4:3) haqoratomuz hayqiriqlar aytgan “Manchester Yunayted”ning ikki muxlisini qo‘lga oldi, deb xabar beradi ESPN.

Manbaga ko‘ra, muxlislar “Hillsboro” stadionida 1989 yilning aprel oyida Angliya kubogi yarim finali doirasidagi “Liverpul” va “Nottingem Forest” o‘rtasidagi o‘yin oldidan sodir bo‘lgan fojiani masxara qilishgan.

Uchrashuvdagi tiqilinchda Liverpulning 97 muxlisi halok bo‘ldi, yana yuzlab muxlislar jarohatlandi.

Avvalroq Angliya premyer-ligasi muxlislarning xatti-harakatlarini keskin qoralab, o‘yinlarda futbol fojialarini haqorat qilishga o‘rin yo‘qligini aytgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati