Real Barselonaning ochkolarini hisoblab o‘tirmaydi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 44
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 10:36
La Liga 29-tur uchrashuvida “Atletiko Madrid” va Kataloniyaning “Barselona” klublari to‘qnash kelishdi.

Jamoalar Madriddagi (Ispaniya) "Vanda Metropolitano" stadionida o‘ynashdi. O‘yin 3:0 hisobida kataloniyaliklar foydasiga hal bo‘ldi.

Ispaniya matbuoti "Real Madrid" futbolchilarining ushbu o‘yin natijasiga munosabatini oshkor qildi.

"Bu yerda hech qanday xusumat yo‘q, biz o‘zimizga e’tibor qaratamiz... Chempionatda g‘alaba qozonish uchun biz hech kimga bog‘liq emasmiz va agar muvaffaqiyatsizlikka uchramasak, bu g‘alabani bizdan hech kim tortib ololmaydi", — dedi nomi oshkor etilmagan futbolchi.

Ispaniya Primyerosining 29-turidan so‘ng “Barselona” 64 ochko jamg‘ardi.

Kataloniya jamoasi turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Atletiko”ga kelsak, ular 29 o‘yinda 55 ochko to‘plashdi.
Madrid klubi beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati