Tramp Baydenni Falastin tarafdori ekanlikda aybladi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 10:26
AQShning sobiq prezidenti va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka ehtimoliy nomzod Jo Baydenni Falastinparast namoyishchilar bosimi ostida “Isroilni o‘z holiga tashlab qo‘yganlikda” ayblab, “demokratlar Isroil uchun juda yomon”, dedi.

AQShning sobiq prezidenti Isroilni harbiy operasiyani “tezroq tugatish”ga chaqirib, sulh yoki o‘t ochishni to‘xtatishni emas, balki “zafarli yakunga qadar urushishni” nazarda tutib: “O‘ylaymanki, buni tugatishingiz hamda buni tezroq amalga oshirib, butun dunyoga avvalgi tinchlikni qaytarishingiz kerak. Bizga butun dunyoda tinchlik kerak”, - dedi.

Isroilni qo‘llayotgan urush usullari uchun tanqid qilmaslik kerak, deb hisoblaydigan Tramp demokratlarni Isroilga yetarlicha yordam bermayotgani, prezident ma’muriyatini esa o‘ta Falastinparast pozisiyasi uchun qoraladi.

“7 oktyabr kuni ular juda ko‘p odamlarni yo‘qotishdi. Balki u [Bayden] buni unutgandir. U "qayerdan ko‘proq ovoz olsam bo‘ladi", deb qaraydi va Falastin tarafdorlarining yurishlarini ko‘radi - ular ko‘p – va: "Isroil o‘rniga shu yo‘ldan yurganim ma’qul", deydi. Isroil qanday qilib haligacha bu odamlar bilan qolayotgani bilmayman”, — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

Trampning intervyusi efirga uzatilishidan sal avvalroq Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu: “Prezident Trampning Isroilni qattiq qo‘llab-quvvatlaganini qadrlayman. U prezident bo‘lganida Quddusni Isroilning poytaxti deb tan oldi, Amerika elchixonasini u yerga ko‘chirdi, Golan tepaliklaridagi suverenitetimizni tan oldi, Eron bilan tuzilgan halokatli yadroviy kelishuvdan chiqdi. Biz birgalikda ishladik va to‘rt arab davlati bilan tinchlik o‘rnatgan tarixiy Ibrohim kelishuviga vositachilik qildik”, - deya AQShning sobiq prezidentini maqtagandi.




Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati