O‘zbekiston TIV rahbari Vetnam bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 10:24
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Xanoy shahrida Vyetnam tashqi ishlar vaziri Buy Txan Shon bilan muzokaralar o‘tkazdi.

"Bugun Xanoy shahrida delegasiyamiz samimiy kutib olingani uchun Vyetnam tashqi ishlar vaziri Buy Txan Shon janoblariga minnatdorlik bildiramiz, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – Ishonchimiz komilki, O‘zbekiston va Vyetnam tashqi ishlar vazirliklari ikki tomonlama munosabatlarimizdagi ulkan salohiyatni ro‘yobga chiqarish uchun yaqindan hamkorlik qiladi. Uchrashuvimiz kun tartibi keng bo‘lib, ko‘plab mavzularni qamrab oldi. Boshqa yo‘nalishlar qatorida biz iqtisodiy diplomatiyada ulkan imkoniyatlar mavjudligini qayd etdik".

Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi O‘zbekiston delegasiyasining Vyetnamga tashrifi boshlandi. Tashrif kun tartibidan Xanoy shahrida qator tashkilotlar rahbarlari bilan muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish, shuningdek, O‘zbekiston-Vyetnam biznes forumida ishtirok etish o‘rin olgan.








Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati