Toshkentda ijara narxlari pasayishda davom etyapti

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 18
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 10:22
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari 2024 yilning fevral oyida Toshkent shahrida taklif etilgan uy-joy ijara narxlarini tahlil qilishdi.

????Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. 2024 yil fevral oyida poytaxtda o‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi xonadonlar ijara narxlarida yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 0,34%ga, to‘liq ta’mirlangan turkumdagi uy-joylar ijara narxlarida esa o‘rtacha 0.13%ga tushish kuzatildi.

????O‘rtacha ta’mirlangan uy-joy ijarasi. 2024 yil fevral oyida ushbu sinfdagi 1 xonali xonadonlar uchun taklif etilgan ijara narxlari o‘tgan yanvar oyiga nisbatan o‘rtacha 0.3% ga pasayib, $394 ni tashkil etgan bo‘lsa, 2 xonali xonadonlar ijara narxlari esa 0,2% ga arzonlab, o‘rtacha $441 gacha tushdi. Shuningdek, o‘rtacha ta’mirlangan 3 va 4 xonali uylar ijara narxlari 0.4% ga pasayib, o‘rtacha narxlar mos ravishda $514 va $594 ni tashkil etdi.

❗️O‘rtacha ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun nisbatan arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - $358, 2 xonali - $393, 3 xonali - $435, 4 xonali - $450), Olmazor (1 xonali - $357, 2 xonali - $415, 3 xonali - $455, 4 xonali - $490) tumanlarida taklif etilgan bo‘lsa, ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Yakkasaroy (1 xonali - $420, 2 xonali - $488, 3 xonali - $657, 4 xonali - $738) va Mirobod (1 xonali - $467, 2 xonali - $520, 3 xonali - $620, 4 xonali - $832) tumanlarida kuzatildi.

Ma’lumot uchun: 2023 yil noyabr oyidan 2024 yil fevral oyigacha bo‘lgan davrda o‘rtacha ta’mirlangan 1 va 2 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari mos ravishda 1,8% ($401 dan $394ga) va 2,4%ga ($452 dan $441ga) tushgan.

???? To‘liq ta’mirlangan uylar ijara narxlari. Fevral oyida to‘liq ta’mirlangan 1 xonali uylar uchun o‘rtacha ijara narxlari $475 ni tashkil etib, o‘tgan yanvar oyiga nisbatan 0.3%ga tushgan bo‘lsa, 2 xonali uylar uchun ushbu ko‘rsatkichlar mos ravishda $651 va 0.6% ni tashkil etgan. Shuningdek, 3 xonali uylar uchun taklif etilgan o‘rtacha ijara narxlarida ($790) ham biroz (0,1%) tushish kuzatildi.Lekin, to‘liq ta’mirlangan 4 xonali uylar o‘rtacha ijara narxlari 0.4% oshib, $919 gacha ko‘tarilgan.
❗️To‘liq ta’mirlangan turkumdagi uylar uchun eng arzon ijara narxlari Sergeli (1 xonali - $393, 2 xonali - $462, 3 xonali - $560, 4 xonali - $761) va Uchtepa (1 xonali - $401, 2 xonali - $498, 3 xonali - $617, 4 xonali - $850) tumanlarida hamda ushbu turkumdagi eng qimmat ijara narxlari Shayxontohur (1 xonali - $555, 2 xonali - $848, 3 xonali - $1057, 4 xonali - $1028) va Mirobod (1 xonali - $570, 2 xonali - $861, 3 xonali - $1024, 4 xonali - $1128) tumanlarida kuzatildi. ???? Ijara narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar olx.uz platformasidan veb skreping (web scraping) usulida to‘plandi. Bunda 2024 yil yanvar oyi uchun 52.3 ming va fevral oyi chun 51.5 mingta ma’lumotlardan foydalanildi. Ikkala davr uchun ham tahlil narxlar chegarasining yuqori va pastgi 5% lik kvantillari chiqarib tashlangandan keyin amalga oshiriligan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati