Borussiya Sancho borasida bir qarorga keldi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 19
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 10:22
Dortmundning "Borussiya" klubi "Manchester Yunayted"dan ijaraga olingan ingliz vingeri Jeydon Sanchoning o‘yinlaridan mamnun.

Bu haqda Sky Germany xabar berdi. Jurnalistlarning yozishicha, nemis top-klubi rahbariyati futbolchini “qizil iblislar”dan sotib olishga qaror qilgan.

Tomonlar potensial transfer summasi bo‘yicha muzokaralarni boshlashdi. Yarim himoyachining o‘zi Dortmundda qolishga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, "asalarilar" yanvar oyidagi transfer oynasida Sanchoni ijaraga olgandi. O‘shandan beri 23 yoshli yarim himoyachi "Borussiya" safida 8 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati