Putinga berilgan ovozlarning qariyb yarmi soxtalashtirilgan — OAV

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 43
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 10:12
Vladimir Putin Rossiya prezidenti saylovida kamida 31,6 millionta ovozni soxtalashtirish yo‘li bilan qo‘lga kiritgan. “Novaya gazeta Yevropa” matematik Sergey Shpilkin usulini qo‘llash orqali shunday xulosaga keldi.

Ushbu usul byulletenlarni qo‘shib qo‘yish va yakuniy bayonnomalarni qayta yozish orqali g‘olib nomzodga nechta ovoz qo‘shilganini ko‘rsatib beradi. Buning uchun muayyan bir uchastkada ovozlarning turli nomzodlarga taqsimlanishi bu yerga kelib ovoz bergan jami saylovchilar soni bilan taqqoslanadi.

Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiyada joriy prezident saylovlarida ovozlarni qalbakilashtirish ko‘lami rekord darajada bo‘lgan. Ayni vaqtda nashr ovoz berishga kelgan saylovchilar soni bo‘yicha rasmiy ma’lumotlarga tayandi, ularning ishonchliligini tekshirish imkoni yo‘q.

Saylovda elektron tarzda ovoz berishni hisobga olmaganda, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 74,5 million kishi qatnashgan. Markaziy saylov komissiyasi da’vo qilishicha, ularning 64,7 millioni Putinga ovoz bergan. MSK byulletenlarning 100 foizi hisoblab chiqilgach, Putin 87,28 foiz ovozlarni qo‘lga kiritganini ma’lum qilgandi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati