PSJ hujumchisi tanqid qilindi

  • Жанр: Futbol yangiliklari
  • Смотрели: 21
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 10:06
Jurnalist Daniyel Riolo "PSJ" hujumchisi Bredli Barkolaning soch turmagini tanqid qildi. Yakshanba kungi “Monpelye”ga qarshi o‘yinda (6:2) 21 yoshli fransiyalik futbolchi golli uzatmani amalga oshirdi.

"Futbolchining sochlari yuziga to‘kilgan holda yuqori saviyada o‘ynashiga to‘sqinlik qiladi. Uning sochlari o‘zini bezovta qilmasligiga meni ishontirishga urinmang.

O‘ziga ortiqcha xalaqit qilmasligini istasa, ularni bog‘lashi kerak. Agar men unga murabbiylik qilsam: "Sen bunday o‘ynay olmaysan", degan bo‘lardim", - dedi jurnalist. 

Avvalroq jurnalist Luis Enrikening «PSJ»dagi muloqot uslubi va nomuvofiqligini tanqid qilgandi. 






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati