Navro‘z – go‘zallik, yangilanish va yangi hayot timsoli

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 10:02
Navro‘z ayyomi munosabati bilan Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligida “Har kuning Navro‘z bo‘lsin, jonajon O‘zbekistonim” ezgu g‘oyasi ostida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Erta tongdan doshqozonda osilgan sumalak barchani yangi kun va faslni qarshi olishga chorladi. Tadbir ham ramziy ma’noda daraxt ekish marosimi bilan boshlandi. So‘ng asosiy qismga o‘tilib, Qo‘ng‘irotboy Sharipov vazirlik jamoasini Navro‘z ayyomi bilan tabrikladi va ezgu tilaklarni bildirdi.

– Shu kunlarda tabiat uyg‘onib, go‘zal diyorimizga barchamiz sog‘inib kutgan Navro‘zi olam kirib kelmoqda. Mana shunday shodiyona ayyomda vazirlik va tizim tashkilotlarida mehnat qilayotgan jamoaga eng ezgu tilaklarimni izhor etaman, – dedi vazir.

Badiiy havaskorlik jamoalari, folklor-etnografik ansambllarining chiqishlari, shuningdek, tashrif buyurgan san’atkorlar tomonidan ijro etilgan xalq og‘zaki ijodi termalaridan namunalar, ona Vatanni, tinchlikni, obod va ozod yurtimizni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar barchaga quvonch ulashdi.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati