Rossiyadagi Pioner shaxtasi qulab tushdi va o‘ndan ortiq konchilar vayronalar ostida qolib ketdi
- Жанр: Yangiliklar
- Смотрели: 43
- Формат: mp4
- Дата релиза: 19-03-2024, 09:58
“Hodisa joyida Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining 25 nafar qutqaruvchisi va to‘rtta texnikasi ishlamoqda. Zeya munisipal tumanidagi yer osti koni o‘pirilgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, vayronalar ostida 13 kishi bo‘lishi mumkin”, — deyiladi xabarda.
Ular korxona tomonidan ventilyasiya qiyalik bo‘ylab qutqaruvchilar guruhi yuborilgani, konchilar bilan aloqa tiklanayotgani, yo‘l tozalash ishlari olib borilayotganini ta’kidladilar.
Interfaks va 112 telegram kanali voqea Zeya tumanidagi “Pioner” konida (oltin qazib oluvchi korxona egasi «Petropavl» kompaniyalar guruhi) sodir bo‘lganini xabar qildi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, kon ostida qolgan konchilar tirik.