Muhandislik maktablari zamonaviy sanoat tarmoqlari rivojiga qay darajada hissa qo‘shadi?

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 41
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 09:56
Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vaziri, professor Qo‘ng‘irotboy Sharipov o‘z fikrlarini bildirdi.

– Muhandis mutaxassislar sanoat ishlab chiqarish tarmoqlari, zamonaviy iqtisodiyotning rivojlanishida katalizator vazifasini bajaradi. Prezidentimiz 2022 yilgi Murojaatnomasida “...Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytiramiz. Kimyo sanoati, elektr texnikasi, transport va energetika sohalarida nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan birga, alohida Muhandislik maktablari tashkil qilinadi. Bu tizim bizda hozirgacha bo‘lmagan. Lo‘nda aytganda, yangi zamon injenerlari tayyorlash tizimini yaratamiz”, degan edi.

Mamlakatda iqtisodiy barqarorlikka erishish, sanoatni yanada rivojlantirish uchun bugun texnologiyalar, ayniqsa, muhandislik sohasiga alohida e’tibor qaratish lozim. Xususan, IT sohasi, texnika jabhalari va turli nou-xaular orqali Yevropa davlatlari o‘z istiqbolli dasturlari hamda nazariyalarni shakllantirish bilan birga, tajribalarini amaliyotga keng joriy qilishga erishmoqda. Natijada u mamlakatlarda muhandislik sohalarida jadal ilmiy takomillashuv kuzatilib, ular zamonaviy iqtisodiyotga tayanib, puxta rejalashtirilgan qarorlar qabul qilish uchun yetarli motivasiya va istiqbolli imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda.

Ta’kidlash joizki, muhandislik sohasi zamonaviy sanoat tarmoqlari uchun foydali bo‘lgan turli texnologik asbob-uskunalar, mashinalar, predmetlarni ishlab chiqishda iqtisodiyotga o‘zaro bog‘liq bo‘lib, kasb-hunar sifatida sanoat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan birga, mahsulot tannarxini minimallashtirmoqda.

Shu bilan birga, muhandislik va texnologiya sohasidagi jadal innovasiyalar mamlakatlarning eksport salohiyatini ko‘tarib, xalqaro bozorlarga olib chiqmoqda.

Davlatimiz rahbari mamlakatimizda zamonaviy iqtisodiyotni texnologik yuksaltirish orqaligina bandlikni ta’minlash, kambag‘allikni qisqarish va inson kapitalida o‘sish sodir bo‘lishini ilgari surib kelmoqda.
Bugungi kundagi muhim vazifa muhandislik maktablari uchun kollejlar bazasini aniqlash, ularga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, maktablarning yo‘nalish, dasturlarini ishlab chiqish hamda sanoat kooperasiyasini kengaytirishdan iborat.
Uzliksiz ko‘lamli islohotlarda mahalliylashtirish loyihalarini amalga oshirish, sanoatni jadal rivojlantirish, ko‘plab muhandislarni tayyorlash, qayta tayyorlash, muhandislik maktablari uchun kollejlar bazasini aniqlash hamda yangi maktablarni ommalashtirishni jadallashtirishni ko‘rsatadi.
Ayni paytda davlatimiz tomonidan ixtisoslashgan maktablar faoliyatini tubdan takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olingan bo‘lib, muhandislik maktablari o‘quvchilarini xalqaro ta’lim dasturlari asosida o‘qitish bilan birga, ularni zamonaviy o‘quv darsliklari bilan ta’minlash jarayonlari boshlangan.
Mazkur maktab o‘quvchilari kamida 1 ta xorijiy tilni bilishi bo‘yicha milliy va xalqaro sertifikat olish mumkinligi talab etilmoqda. Ulardagi yuqori sinf o‘quvchilari bevosita korxonalarda amaliyot o‘tashi uchun ixtisosligidan kelib chiqib, ilmiy tadqiqot institutlari va oliygohlarning kafedralariga biriktirilmoqda.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati