• Главная
  • »
  • Yangiliklar
  • »
  • Buyuk Britaniya kompaniyasi geologiya sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda

Buyuk Britaniya kompaniyasi geologiya sohasida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 09:50
O‘zbekiston diplomatlari Buyuk Britaniyaning "Wardell Armstrong" kompaniyasi direktori Che Osmond bilan uchrashuv o‘tkazdilar, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Muloqot chog‘ida rangli va noyob metallarni qazib olishda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Britaniya tomoni mamlakatimiz tog‘-kon sanoatida amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, xorijiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha taqdim etilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar bilan tanishtirildi.

Che Osmond O‘zbekistonda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. U, shuningdek, tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida minerallarni o‘rganish, qazish ishlarini loyihalashtirish, ob’ektlardagi qurilish ishlarini muvofiqlashtirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

Uchrashuv yakunida "Wardell Armstrong" kompaniyasi direktorining III Toshkent xalqaro investisiya forumida ishtirokini tashkil etish to‘g‘risida kelishib olindi.

"Wardell Armstrong" 186 yillik tarixga ega kompaniya bo‘lib, tog‘-kon sohasida konsalting, muhandislik, loyihalarni modellashtirish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi. Tashkilot Afrika, Shimoliy va Janubiy Amerika, Markaziy Osiyodagi 90 dan ortiq davlatlarda rangli va noyob metallarni qazish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirmoqda.


Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati