Yaponiyada oyoq uchun klaviatura ixtiro qilindi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 20
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 09:46
Sharqning eng zamonaviy davlati Yaponiyada 400-MA179 deb nomlangan oyoqlar uchun klaviatura ishlab chiqildi. Ushbu gadjet maxsus dasturga ega makropad bo‘lib, uning har bir tugmasiga ma’lum bir klavishlar harakati o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Europaplus nashri xabar bermoqda.

Sanwa Supply kompaniyasi tomonidan yaratilgan makropad pedallar ko‘rinishida tayyorlangan uchta tugmaga ega. Ularning har biriga klaviaturadagi istalgan tugmani yoki tugmalar birikmasini bosish orqali bajariladigan funksiyani sozlash mumkin.

Masalan, chap knopkaga CTRL+C, o‘ng tomonga CTRL+V tugmalarini o‘rnatsangiz bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida ham qo‘l, ham oyoqlar bilan ishlash orqali mazkur gadjet vaqtni tejash va ish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.

Ishlab chiqaruvchi korxonaning ta’kidlashicha, gadjet ekologik jihatdan toza bo‘lib, qayta ishlash uchun yaroqlidir.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati