HAMAS yetakchilaridan biri o‘ldirildi — AQSh

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 42
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 09:44
Isroil harbiylari HAMASning jangovar qanoti yetakchilaridan biri Marvan Issani o‘ldirdi. Bu haqda Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanga tayanib, BBC xabar berdi.

Isroil avvalroq Issa G‘azo sektoridagi zarba nishoni bo‘lganini da’vo qilgan, biroq uning o‘limini tasdiqlamagandi.

Shuningdek, u AQSh prezidenti Jo Bayden Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan telefon orqali muloqot qilganini aytdi. HAMAS rasmiylari Issaning o‘limi haqidagi xabarlarga izoh bermadi.

11 mart kuni Isroil harbiylari G‘azo markazidagi Nuseyrat qochqinlar lageri yaqinidagi yerosti majmuasiga havo hujumi uyushtirgani, Issa nishonga olinganini ma’lum qildi va uni 7 oktyabrda Isroilga uyushtirilgan hujum tashkilotchilaridan biri deb atadi. Issa HAMASning harbiylashtirilgan qanoti Al-Qassam brigadalarini boshqaradigan Muhammad Deyfning o‘rinbosari edi.

Isroil armiysi rasmiysi Daniel Hagarining aytishicha, o‘shanda Issa operasiyada o‘ldirilganmi yoki yo‘qmi, aniq emas:

Netanyaxu bilan suhbatida Bayden Isroilni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi, ammo urush paytida millionga yaqin qochqinlar ko‘chib o‘tgan Rafahga isroillik harbiylarning bostirib kirishi xato bo‘lishini aytdi.
Shuningdek, Bayden Netanyaxuga G‘azoda “aniq strategik maqsad” qo‘yish zarurligi haqida aytgan.

Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati