Britaniyalik general shampan ichgani uchun Afg‘onistondan chiqarib yuborildi

  • Жанр: Yangiliklar
  • Смотрели: 40
  • Формат: mp4
  • Дата релиза: 19-03-2024, 09:40
Britaniya generali, Britaniya imperiyasi ordeni sohibi Charli Herbert spirtli ichimliklar mojarosi tufayli Afg‘onistondan vataniga qaytarildi, deya xabar bermoqda Daily Mail.

Qayd etilishicha, Herbert bir necha yil davomida Afg‘onistonda “Tolibon” harakati hokimiyat tepasiga kelganida hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Ashraf G‘ani davridagi amaldorlarga murabbiylik qilgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Herbert o‘z ustidan tushgan shikoyat tufayli ushbu musulmon mamlakatidagi xizmatini uch oy erta yakunlagan. Generalning xatti-harakatidan norozi bo‘lgan shaxsning ismi oshkor etilmagan. Shikoyatchi Gerbertning bir qancha nomaqbul xatti-harakatlari haqida xabar berdi.

Aytilishicha, erkak hamkasblarini so‘kkan, Britaniya elchixonasida ziyofat uyushtirgan va afg‘on hamkasblari bilan ochiqchasiga spirtli ichimlik ichgan. Biroq, tergov natijalariga ko‘ra, faqat bitta epizod - ish joyida hamkasblari bilan bir shisha shampan ichish holati isbotlangan.






Похожие salomatliklar, tush tabirlari va munajjimlar bashorati